Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2024-2025-o‘quv yili uchun Internatura mutaxassisliklari bo‘yicha yuzdan ortiq hujjatlar qabul qilindi.
Birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga hujjat topshirganlar uchun yozma va og‘zaki shakldagi imtihonlar tashkil etilib, talabgorlar suhbatdan o‘tkazildi.
Jami 23 ta yo'nalish bo'yicha 96 nafar shifokorlarning bilim va ko'nikmalari Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan sinovdan o‘tkazilib, xolisona baholandi hamda ballar qo‘yildi. Imtihonlar har bir xonada kuzatuv kameralari o'rnatilgan holda adolatli va shaffof tarzda tashkil etildi.
Ma'lumot uchun: Tegishli mutaxassisliklar bo'yicha Internaturaga qabul qilinganlar 1 yillik davlat granti asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ladilar
Eslatib o‘tamiz, Internatura o‘quv yili joriy yilning 5-sentyabridan boshlanadi.
SamDTU matbuot xizmati