×
Menu
Close Menu

​Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti bitiruvchilari Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlarini topshirdilar

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida joriy 2023-2024-o‘quv yilida Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari joriy yilning 24-iyun kuni Yakuniy Davlat attestatsiyasi nazoratini muvaffaqiyatli topshirdilar.

  Imtihon jarayonlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Simulyatsion markazda tashkil etildi. Imtihonda Tibbiyot xodimlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazi “Epidemiologiya” kafedrasi qoshidagi “OIV infeksiyasi muammolari” kursi dotsenti, t.f.d. Umirov Safar Ergashevich rais sifatida ishtirok etdi.

  Yozma va og‘zaki tarzda tashkil etilgan sinovlarning adolatli hamda shaffof o‘tishi nazorat qilindi.


SamDTU matbuot xizmati