Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand viloyati hokimi sovrini uchun “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi

  2024-yil iyun oyining Respublikamizda “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinib, joylarda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar festivali” o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida Samarqand oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida viloyati hokimi sovrini uchun “ZAKOVAT” intellektual o‘yini tashkil etildi.

  Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bahslarda jamoalar o‘zlarining aqliy va intellektual salohiyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdilar. Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  Natijalarga ko‘ra Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi 3-o‘rin, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, g‘oliblik Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti jamoasiga nasib etdi.


SamDTU matbuot xizmati