Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizaev boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiyani Sankt-Peterburg shahriga tashrifi doirasida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining Sankt-Peterburg ftiziopulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Sankt-Peterburg Muqaddas Georgiy shahar kasalxonasi, Beloostrov klinikasi, Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti bilan tinishib chiqdi hamda ulardagi jarrohlik, onkologiya va yuqori texnologiyali yordam ko'rsatish sohasidagi ilg'or tajribalar bilan tanishdilar.
Sankt-Peterburg hukumati bilan uchrashuvda tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi sheriklik mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning eng faol rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladilar. Sankt-Peterburg sog‘liqni saqlash sohasi vakillari O‘zbekiston Respublikasining ko‘plab shaharlarida bo‘lganliklarini, Sankt-Peterburgdagi sog‘liqni saqlash muassasalari negizida o‘zbekistonlik mutaxassislarning “endovaskulyar jarrohlik”, “endoskopik jarrohlik”, “neyroxirurgiya” va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha amaliyot o‘tashlari muntazam yo‘lga qo‘yilganligini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
SamDTU delegatsiyasi tashrif davomida Sankt-Peterburgdagi tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yo‘nalishlarini belgilab oldi.
SamDTU matbuot xizmati