Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​"GC" korporatsiyasi delegatsiyasi Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

  Joriy yilning 20-iyun kuni Yaponiya brendi ostida faoliyat yurituvchi stomatologiya klinikalari uchun mahsulot ishlab chiqarish va innovatsion ishlanmalarni taqdim etish bilan shug‘ullanuvchi "GC" korporatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

  Korparatsiya Vitse prezidenti Langer Katrin, menedjerlar Fabić Vjekoslav, Kizyun Larisa  va Vladimir Berezinlardan iborat mehmonlarni SamDTU Stomatologiya fakulteti dekani A. Axmedov kutib oldi.

  Tashrif davomida mehmonlar universitet va unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurib, universitet haqida qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

  Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinib, fikr almashildi.


SamDTU matbuot xizmati