Joriy yilning 21-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti DKTF Oilaviy va preventiv tibbiyot hamda Akusherlik va ginekologiya kafedralari tomonidan “Homiladorlik va tug‘ruq asoratlarini kamaytirishda integratsiya: Oilaviy shifokor va akusher-ginekolog o‘rni” sikli doirasida Oilaviy shifokor va akusher-ginekolog mutaxassislikdagi vrach-tinglovchilar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar uchun integral ochiq ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruzachilar: T.f.n., professor L.R.Agababyan hamda T.f.n., dotsent SH.A.Xusinovalar “Og‘riq: oilaviy shifokor va akusher-ginekolog integratsiyasi” mavzusida yig‘ilganlarga qiziqarli ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, yuzaga kelgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
SamDTU matbuot xizmati