Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Inson – aziz, xotira – muqaddas!

  9-may butun Respublikamiz bo‘ylab xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Ona vatanimiz tinchligi yo‘lida jon fido etgan ulug‘ ota-bobolarimiz xotirasini ulug‘lash, yurtimiz farovonligi uchun o‘z mehnatini ayamayotgan insonlarni qadrlash har birimizning birinchi galdagi vazifamiz hisoblanadi. Bayram munosabati bilan Respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari, shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham “Inson – aziz, xotira – muqaddas!” shiori ostida turli tadbirlar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

  Xususan, bugun, 8-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati maxsus muxbiri Yormamat Rustamov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” haqida so‘z yuritilib, tinchligimiz va osoyishtaligimiz uchun jon fido qilgan insonlar, jumladan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haqida talabalarga bir qator ma’lumotlar berib o‘tildi.

  Shuningdek, uchrashuv davomida o‘zbek xalqining sevimli shoiri, chin ma’nodagi “Vatan kuychisi” Muhammad Yusuf hayoti ham yod etilib, adib ijodidan namunalar o‘qildi. Talabalar shoirning vatan haqidagi she’rlarini yoddan o‘qib berdilar.


SamDTU matbuot xizmati