Joriy yilning 29-fevral kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligining Fan-taʼlim va innovasiylar boshqarmasi boshligʻi Ismailov Oʻktam Safaevich tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Oʻktam Safaevich Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi oʻquv binosidagi yaratilgan shart-sharoitlar, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan oʻquv xonalari hamda taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishi. Shuningdek, bevosita talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikrlari oʻrganildi. Mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning oʻquv jarayonini koʻzdan kechirib, universitetda xorijlik talabalarga berilayotgan taʼlim sifati jahon standartlariga mos ekani taʼkidlandi.
Tashrif davomida ildizi qariyb yuz yilga borib taqaluvchi universitet tarixini oʻzida aks etgan muzeyga ham sayohat uyushtirildi.
Ismailov Oʻktam Safaevich boshchiligidagi mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Simulyatsion markazda boʻlib, u yerdagi zamonaviy xorijiy texnologiyalar va VII avlod simulyatsion robotlari bilan jihozlangan oʻquv va amaliyot xonalari bilan yaqindan tanishdilar.
.
SamDTU matbuot xizmati