×
Menu
Close Menu

Parkinson kasalligini “chip” oʻrnatish yoʻli bilan davolash yoʻlga qoʻyildi

  Parkinson kasalligi hozirgi zamon neyroxirurgiya va nevrologiyasining eng dolzarb muammolaridan biri boʻlib, dunyoda har 1000 ta odamdan 1-3 tasida (0,1-0,3%) kuzatiladi. Mamlakatimizda ham ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni soʻngi vaqtlarda ortib bormoqda.

  2023-yil 26-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ilmiy-amaliy markazida Turkiyaning Medical Park klinikasi professori Said Oʻzturk ishtirokida mamlakatimizda birinchi marta yangi jarrohlik davolash usuli yoʻlga qo'yildi.

  SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya markazida Parkinson kasalligini xirurgik davolashda 5-yildan beri ushbu kasallik bilan ogʻrib kelayotgan 63 yoshli bemorning bosh qismiga “chip” oʻrnatish orqali operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

  Ushbu murakkab texnologiyali operatsiya mamlakatimiz neyroxirurgiyasida Parkinson kasalligini xirurgik yoʻl bilan davolashdagi ilk qadam boʻldi.


SamDTU matbuot xizmati