Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTUda talabalar to’garaklari online konferensiyasi o’tkazildi

  2023-yil 18-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti neyroxirurgiya kafedrasining “Young neurosurgeons” talabalar ilmiy jamiyati hamda Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahridagi Federal Neyroxirurgiya markazi bilan qo‘shma onlayn-formatda talabalar to‘garaklari konferensiyasi tashkil etildi.

  Zoom platformasida o’tgan konferensiya avvalida, Tyumen Federal Neyroxirurgiya markazi direktori, professor A.A. Sufianov va SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, PhD, dotsent M.A. Aliyevlar talabalar bilan suhbatlashib, to‘garaklar tarixi, unining bugungi kundagi olib borayotgan ishlari va kelajakdagi hamkorlik rejalari haqida ma’lumotlar berishdi. Tyumenlik to‘garak a’zolari Neyroxirurgiya markazida amalga oshirilgan operatsiyalar haqida “case-report” taqdimotlarini namoyish etdilar. So‘ngra SamDTU Neyroxirurgiya kafedrasi “Young neurosurgeons” talabalar ilmiy jamiyati a’zolaridan klinik ordinatura 2-bosqich rezidenti A.E. Manakonov tomonidan 2023-yil 11-noyabr kuni Ko‘p tarmoqli klinika Neyroxirurgiya bo‘limida O‘zbekistonda ilk marotaba amalga oshirilgan “Farmakorezistent epilepsiyada neyroendoskopik gemisferektomiya” qilish operatsiyasi haqida ma’ruza qilindi. Shuningdek, onlayn-konferensiyada Neyroxirurgiya kafedrasi TIJ a’zolari Sh. Nasriddinova tomonidan “Neyroembriologiya” mavzusidagi hamda Mukhammad Zaryab Khan tomonidan “Cerebral vascular disease” mavzularida qilingan taqdimotlar ham yig’ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

  Konferensiya davomida qilingan ma’ruzalar haqida batafsil izoh berilib, yuzaga kelgan savollarga misollar asosida izohlar berildi. Konferensiya so‘ngida professor A.A. Sufianov va dotsent M.A. Aliyevlar ikkala to‘garak faoliyatini endilikda birlashtirish haqida o‘z takliflarini bildirib, bu ikkala davlatlar talabalari fikr, tajriba almashishi, yangi bilim olishlari uchun ham foydali, ham qiziqarli bo‘lishini qayd etishdi. Ikkala to‘garak sardorlari keyingi yig‘ilishlarni an’anaviy ravishda shu formatda tashkillashtirillashtirishga kelishib olishdi.




SamDTU matbuot xizmati