Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Universitetning bir guruh xodimlari bayram munosabati bilan taqdirlandi

  Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Bu yil ham sana munosabati bilan yurtimiz boʻylab tadbirlar tashkil etildi. 

  Jumladan Samarqand davlat tibbiyot universitetining bir qator tibbiyot xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etilib, faxriy yorliq, koʻkrak nishoni hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. 

  Xususan, sogʻliqni saqlash sohasidagi fidokorona mehnatlari hamda universitet faoliyatidagi samarali xizmatlari uchun Shamsiyev Azamat Muxitdinovich, Mamadaliyev Abduraxmon Mamatkulovich, Lutfullayev Umrillo Lutfullaevich, Narzullayev Sanʼat Inayatovich, Muhammadiyeva Lola Atamuradovnalar Tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi. 

  Shuningdek, yana bir guruh xodimlar va professor-oʻqituvchilar: Rabbimova Dilfuza Tashtemirovna, Shukurova Nodira Tillayevna, Usmonov Raxmatillo Fayzullayevichlar “Sogʻliqni saqlash vazirligi Aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan; Axmedov Yusufjon Mahmudovich, Negmadjanov Baxodur Boltayevich, Ergashev Anvar Ramazonovich, Arziyev Ismoil Aliyevich, Aliyev Mansur Abduxolikovich, Lutfullayev Gʻayrat Umrilloyevichlar “Sogʻliqni saqlash vazirligi Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandilar.

  Bundan tashqari universitet rektori Jasur Rizayev tomonidan pedagogik va ilmiy faoliyati davomida namuna boʻla olgan professor-oʻqituvchilar “Eng yaxshi professor”, “Yilning eng yaxshi dotsenti”, “Yilning eng yaxshi ilmiy xodimi” va “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlanib, esdalik sovgʻalari topshirildi.


SamDTU matbuot xizmati