Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Zakovat” intellektual musobaqasi g’oliblari aniqlandi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan viloyatdagi barcha Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari talabalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. Musobaqanng joriy yilning 11-noyabr kuni bo’lib o’tgan “Rektor kubogi” bahslari qiziqarli va murosasiz tarzda kechib, g’olib va sovrindorlar aniqlandi. 

  Natijalarga ko’ra Paxtachi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “Medical stars” jamoasi III o’rinni, Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “Immunitet” jamoasi II o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, mutloq g’oliblik Pastdarg'om Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining “Everest” jamoasiga Nasib etdi. 

  Ishtirokchilar diplom, sertifikat hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


SamDTU matbuot xizmati