Joriy yilning 11-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzurida tashkil etilgan L.M.Isayev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutining yangi binosini tantanali ochilishi bo’lib o’tdi.
Ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va soha vakillari ishtirok etdilar.
So’zga chiqqan viloyat xokimi E.O.Turdimov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori J.A.Rizaev va boshqalar, yangi ochilgan markazning nafaqat Samarqand mintaqasi, balki, butun respublika tibbiyoti rivoji uchun katta hissa qo’shishini ta’kidlab, mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot markazining keyingi faoliyatiga omadlar tiladilar.
Mazkur ilmiy-tadqiqot institutida parazitlar kasalliklarni erta tashxislashning zamonaviy va samarali usullarini yaratish, davolash mexanizmlarini takomillashtirish va molekulyar darajada tahlil qilish orqali genotiplarini aniqlash, transmissiv kasalliklarni tashuvchi hashoratlarning epidemiologiyasini tekshirish, leyshmanioz kasalligining tashuvchi moskitlarni O’zbekistonning barcha xududlari bo’yicha tahlil qilish kabi ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M.Isayev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot institutida to‘rtda bo’lim faoliyat yuritadi. Ularda tibbiy gelmintologiya, tibbiy entomologiya, odam protozoy kasalliklarini o‘rganish hamda molekulyar-biologik tashxislash amaliyotlari bajariladi.
Institut zamon talablariga javob beradigan PSR, IFA va boshka tibbiy jihozlar bilan to'liq ta’minlangan bo’lib, unda yigirmaga yaqin yuqori malakali xodimlar faoliyat yuritadi.
SamDTU matbuot xizmati