Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xodimlar oʻrtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalari boʻlib oʻtdi

  Oʻzbekiston kasaba uyushmalari hamda tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi hamda sportni targʻib qilish maqsadidaRektor kubogisport musobaqalari tashkil etildi.

  Musobaqalarning mini futbol boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlari qizgʻin tarzda kechib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Natijalarga koʻra Universitetning Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi jamoasi 3-oʻrinni, Tibbiy Pedagogika,Oliy Hamshiralik ishi va Xalq Tabobati fakulteti jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, musobaqada Mutlaq ustunlik bilan 2-Son Davolash fakulteti xodimlari jamoasi 1-oʻringa loyiq deb topildi. Shuningdek, xodimlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha tashkil etilgan musobaqalarda ham gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.


SamDTU matbuot xizmati