×
Menu
Close Menu

SamDTU professor-oʻqituvchilari Boltiqboʻyi federal universitetida akademik mobillik oʻtadilar

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetining bir guruh professor-oʻqituvchilari, jumladan E.N.Tashkentbayeva, S.X.Yarmuxamedova, S.A.Xodjayeva, M.K.Yarmuxamedova hamda M.Ya. Ergashevalar joriy yilning 23-27-oktyabr kunlari akademik mobillik doirasida I.Kant nomidagi Boltiqboʻyi Federal Universitetida boʻlib qaytdilar. 

  Tashrif davomida akademik va ilmiy harakatchanlik doirasida Boltiqboʻyi federal universitetining Oliy tibbiyot maktabi 4-6-bosqich talabalari uchun ichki kasalliklar, ftiziatriya, yuqumli kasalliklar fanidan amaliy mashgʻulotlar va maʼruzalar oʻtkazildi. Talabalar bilan muloqot hamda savol-javoblar tashkil etildi. 

  Immanuel Kant nomidagi Boltiqboʻyi Federal universiteti Rossiya Federatsiyasining gʻarbiy mintaqasidagi eng yirik ilmiy, madaniy va taʼlim markazidir. Universitet shimoli-g'ʻarbiy Federal okrugda taʼlim va fan sohasida yetakchi pogʻonalardan oʻrin egallaydi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Boltiqboʻyi federal universiteti oʻrtasida mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan boʻlib, birgalikda bir qator loyihalar va akademik almashinuvlar amalga oshirilib kelinmoqda.




SamDTU matbuot xizmati