Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Stomatologiya fakultetida “Talabalar ilmiy jamiyati” yigʻilishi oʻtkazildi

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida barcha oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida talabalar ilmiy jamiyatlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham Talabalar ilmiy jamiyati toʻgaraklari faoliyat yuritib kelmoqda.

  Joriy yilning 27-oktyabr kuni SamDTU stomatologiya fakulteti yoʻnal;ishlari boʻyicha talabalar ilmiy jamiyati toʻgaragi aʼzolari bilan tadbir tashkil etildi. Yigʻilishda talabalar ilmiy jamiyati hamda unda faoliyat koʻrsatayotgan toʻgaraklar faoliyati haqida maʼlumotlar tinglandi. Shuningdek, stomatologiya fakulteti talablari uchun tashkil etilgan toʻgaraklar va unda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼruzalar qilindi. Shu bilan birga yigʻilish davomida toʻgarak aʼzolari tomonidan amaliy tarzda stomatologik davolash va operatsiya jarayonlaridan master klasslar tashkil etildi. Talabalar toʻgarak va ilmiy jamiyat haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

SamDTU matbuot xizmati