Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

“Vohidov oʻqishlari – 2023” XXVII Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tmoqda

  Joriy yilning 26-27-oktyabr kunlari Samarqandda  Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan “Vohidov oʻqishlari – 2023” XXVII Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilmoqda.

  “Mamlakat jarrohlik xizmatini transformatsiya qilishda minimal invaziv, yuqori texnologiyali va gibrid operativ aralashuvlarning ahamiyati” mavzusida tashkil etilayotgan konferensiyada Samarqand davlat tibbiyot universiteti xirurgiya kafedralari professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etmoqda.

  Konferensiyada yuqori texnologiyali torako-abdominal  xirurgiya imkoniyatlari va istiqbollari, kardioxirurgiyada yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlar, yuqori texnologik qon-tomir jarrohlik amaliyotlarining zamonaviy prinsiplari, anesteziologiya va reanimatologiyada zamonaviy yondashuvlar, plastik va estetik mikroxirurgiyada yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari, shoshilinch va rejali xirurgiyada mininvaziv texnologiyalar, buyrak hamda jigar transplantatsiyasining dolzarb masalalarini muhokama qilinadi.


SamDTU matbuot xizmati