×
Menu
Close Menu

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi tartibi boʻyicha onlayn amaliy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi

  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xorijda bakalavriat, magistratura va doktorantura yoʻnalishlarida taʼlim olish boʻyicha 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi eʼlon qilgan edi. Tanlovda taʼlim muassasasining yosh pedagoglari, tadqiqotchi-izlanuvchilari hamda talabalar ishtirok etishlari mumkin.

  Joriy yilning 26-oktyabrida stipendiya tanlovida ishtirok etish istagida boʻlgan talabalar bilan online tarzda suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan stipendiya tanlovida ishtirok etish shartlari hamda hujjat topshirish tartibi bilan yaqindan tanishtirildi.

  Shuningdek, stipendiyaning 1-bosqichida grant sohibi boʻlib jahonning top universitetlarida tahsil olayotgan talabalar bilan online tarzda suhbat ham tashkil etilib, ularning tajribalari va maslahatlari bilan oʻrtoqlashildi.

  Eslatib oʻtamiz, mazkur tanlovlarga hujjatlar joriy yilning 10-noyabriga qadar jamgʻarmaning rasmiy sayti (http://admission.eyuf.uz ) orqali qabul qilinadi.

SamDTU matbuot xizmati