O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 Yil 31-iyuldagi 34-son bayoni asosida tashkil etilayotgan “XXI asr ayoli” festivali doirasida joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida xotin-qizlar oʻrtasida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Ayni kunlarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovi boʻlib oʻtmoqda. Tanlovni tashkil etishdan maqsad Fan va texnikaning turli yoʻnalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan oʻz qobiliyatini namoyon etayotgan iqtidorli xotin-qizlarni izlab topish, ular amalga oshirayotgan loyihalarni targʻib qilish, yangi iqtidor qirralarini ochish, olima, doktorant, ixtirochi, ratsionalizator. muhandis, loyihachi ayollarni kashf qilishdan iborat.
Mazkur tanlovda Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-kurs tayanch doktoranti Isakova Yulduz Nuritdinovna ham “Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha” yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etmoqda.
SamDTU matbuot xizmati