Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU da “Start up” loyihalari kuni o’tkazildi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida “InnoWeek.uz – 2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Start up” loyihalari kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taʼlim va jamiyatda innovatsiya madaniyatini rivojlantirish hamda tibbiyot sohasidagi tegishli mavzular yuzasidan yangi innovatsion loyihalar taqdim etildi.

  Seminarni  Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i A.A.Kim ochib berdi. Seminarda innovatsion g‘oyalar, “Start up” loyihalaridagi zamonaviy tendensiyalar, “Start up” loyihalari taqdimotlari tinglandi. Doktor Kalim Raza ishtirokchilar bilan bugungi kunda tibbiyot talabalari uchun juda dolzarb va ahamiyatli bo'lgan innovatsion platforma haqida fikr almashdi. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga ekspert komissiyasi tomonidan javob oldilar.


SamDTU matbuot xizmati