Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTUda klinik ordinaturaga kirish imtihonlari bo'lib o'tdi

  Joriy yilning 15-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish imtihonlari bo’lib o’tdi. Imtihon jarayonlari  O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkazildi.

  Abituriyentlar klinik ordinatura mutaxassisliklaridan har biri 33 ta savoldan iborat 3 ta blokdan test topshiroqlarini bajardilar. Har bir xonada o’rnatilgan kuzatuv kameralari hamda yordamchi xodimlar imtihonlarning oshkora va adolatli o’tishini ta’minladi. 

  Ma’lumot o’rnida shuni aytish mumkinki SamDTU klinik ordinaturasining 50 dan ortiq mutaxassisliklari bo’yicha ta'lim olish uchun 600 dan ortiq abituriyentlardan arizalar qabul qilingan.



SamDTU matbuot xizmati