Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

SamDTU da ZIYO FORUM ishtirokida info-seminar boʻlib oʻtdi

  16-oktyabr kuni Smarqand davlat tibbiyot universitetida “ZIYO FORUM” ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish xalqaro fondi jamoasi tomonidan info-seminar tashkil etildi. Seminarga direktor oʻrinbosari Olimjon Xaitmuxammedov, “ZIYO FORUM” matbuot xizmati boshligʻi  Sirojiddin Bozarov hamda “Avlod media” loyihasi rahbari Akobir Gafurovlar tashrif buyurdi. 

  Uchrashuvda talabalarga “ZIYO FORUM” faoliyati va loyihalari haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek fond tomonidan tashkil etilgan tanlovlar va talabalarga yaratilgan keng imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Tadbir davomida davra suhbati tashkil etilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita “ZIYO FORUM” jamoasidan javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati