Joriy yilning 16-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Stomatologiya fani va amaliyotining zamonaviy yutuqlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi. Xalqaro anjumanda SamDTU hamda yurtimizdagi malakali stomatologlar bilan bir qatorda xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va stomatologlari ham ishtirok etdi.
Konferensiya ochilishida so’zga chiqqanlar tashkil etilgan konferensiyaning zamonaviy stomatologiya rivojida katta o’rin egallashi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladilar.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda stomatologiya sohasidagi dolzarb muammolar va yangiliklar yuzasidan turli ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi Smolensk Davlat tibbiyot universiteti professori Ginali Nikolay Vasilievich "O'tkir tish shikastlanishi. Etiologiya, klinika, davolash, oldini olish" mavzusida tibbiyot fanlari doktori, professor, Shashmurina Viktoriya Rudolfovna "Bemorlarni reabilitatsiya qilishning zamonaviy algoritmlari surunkali periodontit" mavzusida hamda tibbiyot fanlari doktori, professor, Nikolayev Aleksandr Ivanovich “Yorug'lik bilan davolash mumkin bo'lgan kompozitsiyalar bilan estetik restavratsiya usullarini takomillashtirish” kabi ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
SamDTU matbuot kotibi