×
Menu
Close Menu

​Polsha oliy biznes maktabi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  Joriy yilning 6-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Polsha davlati Oliy biznes maktabi - LOUS universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. LOUS universiteti (Wyzsza Szkola biznesu national Lous university) rektori Gospodin Dariush Vojnyak hamda xalqaro bo’lim boshlig’i Hanna Hrechyshkinalarni SamDTU rektori Jasur Rizayev kutib oldi.

  Tashrifdan maqsad Polsha Davlatining Oliy biznes maktabi va  oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, nazariy va  amaliy tibbiyot hamda taʼlim sohasida zamonaviy texnologiyalardan  foydalangan holda birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

  LOUS universiteti taklifiga binoan SamDTU bilan hamkorlikda bioinformatika,  tibbiyot sohasida IT yo’nalishi bo’yicha hamda “Sogliqni saqlashda menedjment” ixtisosligi boyicha hamkorlini davom ettirish, bakalavriyat va magistratura yo’nalishlari bo’yicha tajribali, yetuk va  malakali kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yishga kelishib olindi. Shuni aytish joizki . oxirgi 3 yil davomida SamDTUda Wyzsza Szkola biznesu National Lous university bilan hamkorlikda Sogliqni saqlashda menedjmenti ixtisosligi bo’yicha qo’shma tal’im dasturlari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.



SamDTU matbuot xizmati