×
Menu
Close Menu

Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

  Joriy yilning 5-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari uchun “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvga “ZARMED PRATIKSHA” klinikasi asoschisi va rahbari, tadbirkor, Shukrullayev Dilshod Dalerovich tashrif buyurdi.

  “Tadbirkor va yoshlar” uchrashuvida SamDTU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori Tangirov Eldor Sayfullaevich, fakultetlar maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosarlari hamda universitet Yoshlar ittifoqi kengashining faol koordinatorlari, talaba yoshlari ishtirok etdi.

  Uchrashuv talabalar bilan suhbat tarzida tashkil etilib, Dilshod Dalerovich talabalarga tibbiyot sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini qanday boshlagani hamda muvaffaqiyatga erishish yoʻlidagi qadamlari va mehnatlari haqida gapirib berdi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqadigan yoshlar uchun biznes sirlari va uni boshlash, bosqichma-bosqich rivojlantirish haqidagi oʻz bilim va koʻnikmalarini bayon etdi.

  “Men doim tibbiyot va taʼlim sohasidagi bilimlarimga tayanib, tadbirkorlik faoliyatimni olib borganman. Biz faqatgina yuqori malaka va bilim bilan bugungi tibbiyotimizni har tomonlama rivojlantirishimiz mumkin.“ — deydi Shukurlayev Dilshod Dalerovich. 

  Suhbatda biznesni boshlashdagi eng birinchi omil aniq maqsad qoʻya olish hamda zamonga mos ravishda til o'rganib, yangiliklardan boxabar bo'lgan holda bilim koʻnikmalarni muntazam ravishda boyitib borish lozimligini taʼkidlandi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati