Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro ta’lim fakulteti dekan o’rinbosarlari xorijiy talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida fakultetda tahsil olayotgan chet ellik talabalarning muammo va takliflari atroflicha o’rganildi, ularning fikrlari tinglandi.
Shuningdek, talabalarga universitet rahbariyati haqida ham ma'lumotlar berildi va ta’lim tizimi, odob-axloq qoidalari hamda kiyinish madaniyati haqida ham tushunchalar berib o’tildi.
SamDTU matbuot xizmati