×
Menu
Close Menu

SamDTU pediatriya fakultetida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

  26-sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalari bilanDekan va yoshlaruchrashuvi tashkil etildi.

  Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor E.Tangirov, universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov, pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabayev, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va fakultet talabalari ishtirok etdi.

  Uchrashuv davomida 1-bosqich talablari universitet rahbariyati bilan tanishtirilib, oʻqish, odob-axloq va kiyinish tartib-qoidalari haqida gapirildi. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha brinchi prorektor E.Tangirov soʻzga chiqib, barcha talabalarni oliygoh ostonasiga qadam qoʻygani bilan tabrikladi va universitetda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi. Fakultet dekani pediatriya fakulteti tarixi va buguni bilan talabalarni yaqindan tanishtirdi.

  Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi, talabalarning barcha taklif va mulohazalari tinglandi.




SamDTU matbuot xizmati