20-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ilm-fan va taʼlim integratsiyasi Boshqarmasi xodimlari tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi oʻquv binosi va unda yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv-labaratoriya xonalari hamda talabalarni oʻqitish tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar SamDTU tarixi aks etgan muzeyga sayohat uyushtirib, universitet tarixi haqida maʼlumotlar olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Tashrif doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fan va taʼlim integratsiyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Mirraximova universitet doktorantlari, ilmiy tadqiqotchilari bilan suhbat oʻtkazdi. Ochiq muloqotda izlanuvchilarning ilmiy faoliyatni tashkil etish, yuzaga kelayotgan muammolari hamda kamchiliklari oʻrganildi. Jumladan ilmiy tadqiqotchilarning chet tilini bilish darajasini baholovchi sertifikatga ega boʻlishlari va boshqa masalalar muhokamadan oʻtkazildi.
Yigʻilish ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
SamDTU matbuot xizmati