Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Qoʻshma taʼlim fakultetining Klinik psixologiya va Bioinjeneriya yoʻnalishlariga kirish imtihonlari boʻlib oʻtdi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti Qoʻshma taʼlim fakulteti hozirgi kunda universitetning eng yosh va istiqbolli fakultetlaridan biri hisoblanadi. Qoʻshma taʼlim fakultetida hozirda 6 yoʻnalish mavjud boʻlib, talabalar Davolash ishi, Pediatriya, Stomatologiya (Privolsk tadqiqot tibbiyot universiteti), Klinik psixologiya (Chuvash davlat universiteti) va Menejment (Polsha Oliy biznes maktabiNational-Lous-University) yoʻnalishlari boʻyicha jami 241 nafar talabalar tahsil oladi.

  Bundan tashqari qoʻshma taʼlim fakultetida joriy yilda 23 nafar Oliy hamshiralik ishi yoʻnalishi (Ternopl tibbiyot universiteti. Ukraina) va 12 ta yoʻnalish boʻyicha Klinik ordinatorlar (Privolsk tadqiqot tibbiyot universiteti) jami 52 nafar talaba Yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli tamomlab, ikkita diplomni (double degree) qoʻlga kiritdi va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olinadigan milliy diplom bilan mamlakatimizning turli tibbiyot muassasalarida hamda hamkor OTM diplom bilan markaziy hamdoʻstlik mamlakatlarida, xususan, Rossiya federatsiyasida ish faoliyatini yuritib kelishmoqda.

  2023-2024 oʻquv yili uchun hujjatlarini topshirgan abituriyentlar uchun imtihon jarayonlari oʻtkazildi. Sinovlar ikki bosqichda boʻlib oʻtdi. Birinchi bosqichda abituriyentlarning kimyo, biologiya va jamiyatshunoslik fanlari boʻyicha bilimlari baholandi.

  Joriy yilning 19-sentyabr kuni 2023-2024 oʻquv yili uchun hujjat topshirgan va birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan 16 nafar talabgorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ikkinchi bosqich test sinovlari oʻtkazildi. Bioinjeneriya (Boltiq fediral universiteti) va Klinik psixologiya Chuvash davlat universiteti) yoʻnalishlarida ikkinchi bosqich sinovlariga tavsiya etilgan abituriyentlar rus tilini bilish darajasi boʻyicha ikkinchi bosqich imtihonlarini topshirishdi. Imtihonlar jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi, Ichki ishlar xodimlari va matbuot xizmati kuzatuvi ostida tashkil etildi.

  Maʼlumot oʻrnida Sentyabr oyining 16-sanasidan boshlab yana 2 ta yoʻnalish boʻyicha talabalar qabul boshlangan. Bular Stomatologiya (Oltoy davlat tibbiyot universiteti) va Kosmetologiya yoʻnalishi (Polsha Respublikasi, Slupskdagi Pomeraniya universiteti) yoʻnalishlaridagi qoʻshma dastur asosida oʻqishlarni boshlaydi.

SamDTU matbuot xizmati