×
Menu
Close Menu

Stomatologiya fakultetida “Dekan va talabalar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

  19 sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti stomatologiya fakultetiga 2023-2024 oʻquv yilida 1-kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tanishtiruv haftaligi doirasidagi uchrashuvda universitet rektorati va stomatologiya fakulteti dekanati xodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

  SamDTU Yoshlar masalalari boʻyicha prorektori E. Tangirov talabalarga yaratilgan imkoniyatlar va ularning kelgusida erishishi mumkin boʻlgan yutuqlari xususida gapirib oʻtdi, stomatologiya fakulteti dekani A.Axmedov universitet va fakultet faoliyati haqida batafsil soʻzlab berdi, universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov esa ichki tartib qoidalar yuzasidan tushuntirishlarni aytdi.

  Tadbir davomida stomatologiya fakultetini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari S.Sultonov talabalarga yoshlarga oid maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda muntazam faol ishtiroki, Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti stomatologiya fakulteti koordinatori O.Aliqulov esa talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va universitetdagi to’garaklar haqida maʼlumot berib oʻtdi.

  Uchrashuv davomida talabalar universitet va fakultet bilan tanishish barobarida oʻzlarini qiziqtirgan birqator savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.




SamDTU matbuot xizmati