×
Menu
Close Menu

​SamDTU va Yaponiya bir qator oliygohlari va kompaniyalari bilan hamkorlik koʻpriklari oʻrnatildi

 Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida ushbu mamlakatni bir qator oliy taʼlim muassasalari va korxonalari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.

  Xususan, “Xalq tabobati” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni amalga oshirish maqsadida SamDTU delegatsiyasi Tsumura Co kompaniyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tokioda va anʼanaviy tibbiyot haqida maʼlumot almashdi. Ushbu kompaniya anʼanaviy Yapon oʻsimlik tibbiyotining yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Uchrashuv davomida SamDTU va “Tsumura Co” kompaniyasi oʻrtasida ilmiy aloqa oʻrnatishga kelishib olindi.

  Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori professor J.A. Rizayev boshchiligidagi delegatsiya Nagoya va Tokai mintaqasi tibbiyot markazi rahbari professor Matsuo Seiichi va Nagoya UniversitetiYosh liderlar dasturiasoschisi professor Ito Katsukilar bilan uchrashib oliygohlar oʻrtasida ilmiy-amaliy faoliyat boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar olib bordi. Mazkur kelishuvlarga asosan 2023-2024 oʻquv yilida bir qator loyihalar hamkorda amalga oshiriladi.

  Yaponiyani oliy taʼlim muassasalari va korxonalari bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalari tibbiy taʼlim milliy tizimi va amaliy sogʻliqni saqlashni sohalarini yanada rivojlantirishga poydevor yaratadi.


SamDTU matbuot xizmati