×
Menu
Close Menu

​Xitoyning farmatsevtik korxonasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  Kuni kecha Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoyning “XinDeyuan Bioengineering” korxonasi vakillari tashrif buyurdi.  Korxona Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uygʻur muxtor rayonida joylashgan  boʻlib, qon preparatlari ishlab chiqaruvchi farmasevtik korxona hisoblanadi.

  Korxonaning kadrlar boʻlim boshligʻi Song Chenjia tashrifdan maqsad kelgusida yurtimizda “XinDeyuan Bioengineering” korxonasi tomonidan ochiladigan yangi korxonaga malakali tibbiy xodimlar hamda farmatsevtlarni tayyorlab berish uchun SamDTU bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat ekanligini taʼkidladi.  Uchrashuv davomida mehmonlar SamDTU oʻquv tizimi, taʼlim yoʻnalishlari, xususan, farmatsevtika yoʻnalishi, shuningdek, universitetning kadrlar tayyorlash dasturi bilan yaqindan tanishtirildi.

  Muhokamalar davomida “XinDeyuan Bioengineering” tomonidan ochiladigan yangi korxona koʻplab ish oʻrinlarini yaratishi taʼkidlandi. Kelgusida SamDTUning farmatsevtika, oliy hamshiralik yoʻnalishlari bitiruvchilarini, bundan tashqari texnikumlarni tamomlagan talabalarni ushbu korxonaga ishga joylashtirish masalalari koʻrib chiqildi.  Xitoy  korxonasi bilan keng qamrovli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishildi.


SamDTU matbuot xizmati