11 sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari va Jahon banki “MUNIS” loyihasini amalga oshirish ishchi guruhi tomonidan “Intellektual mulkni himoya qilish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish” seminar-trening tashkil etildi. Uning asosiy maqsadi bu oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining olim va tadqiqotchi - patent mualliflari uchun konsultatsion koʻmak koʻrsatish.
Seminar-treningda Ekaterina Urunova tomonidan “Intellektual mulk – innovatsiyalar asosi sifatida. Intellektual mulkning tijorat salohiyati-ilmiy guruhlar uchun oʻz-oʻzini diagnostika qilish” mavzusida maʼruza qilindi. Maʼruzada intellektual mulk natijalarini himoya qilish, vosita sifatida patent maʼlumotlarini qidirish, oʻz-oʻzini diagnostika qilish hamda patentlash jarayonining murakkabligi, mazmunli va protsessual masalalar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Trening yakunida barcha ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
SamDTU matbuot xizmati