Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU va Vitebsk davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik poydevori yaratildi

  2023-yilning 6-sentabr kuni Belarus Milliy kutubxonasida Belarus Respublikasi Milliy Assambleyasi Kengashi Raisi Natalya Kochanova va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva raisligidaAyollar biznesdaBelarus va Oʻzbekiston ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish salohiyatimavzusidagi birinchi Belarus-Oʻzbekiston ayollar biznes forumi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

  Forumning yalpi majlisi doirasida Vitebsk davlat tibbiyot universiteti rektori Aleksey Chukanov va Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev oʻzaro hamkorlik shartnomasini imzolandilar.

  Forumda belarus tomoni bilan aloqa oʻrnatish, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va tajriba almashinish imkoniyatlariga poydevor yaratildi.


SamDTU Matbuot xizmati