×
Menu
Close Menu

​Germaniya universitetlari bilan hamkorlikda mutaxassis chiqarishda OPASCA tashkiloti ko‘maklashadi

  25-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Germaniyaning OPASCA tashkilotini delegatsiyasini tashrifi amalga oshirildi.

  OPASCA tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, mutaxassislar salohiyatini oshirish va bemorlarning salomatligini yaxshilash maqsadida sogʻliqni saqlash jarayonlarni raqamlashtiruvchi tashkilot.

  Mehmonlarni SamDTU rektori Jasur Rizayev qabul qildi. Tashrif davomida OPASCA – SamDTU – SamDCHTI memorandum doirasida uch tomonlama shartnoma imzolandi. Kelishuvga koʻra, SamDTUning Jamoat salomatligi texnikumlari hamda OPASCA oʻrtasida oʻzaro akademik mobilik doirasida talabalarni oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Dastur 2+1 shaklida amalga oshirilib, “Hamshiralik ishi” yoʻnalishida 2 yil SamDTU mutaxassislik bilan SamDCHTIda nemis tili boʻyicha tahsil olgan talabalar Germaniyada 1 yil davomida tahsil olish imkoniyatiga ega boʻladilar.




SamDTU matbuot xizmati