Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Xalqaro yozgi maktab davom etmoqda

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot oliygohlari talabalarining xalqaroYozgi maktabiidavom etmoqda. Yozgi maktab dasturlari doirasida xalqaro toifadagi professor oʻqituvchilar tomonidan master klasslar, maʼruzalar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar SamDTU amaliyot xonalarida hamda universitet qoshida tashkil etilganSimulyatsion markazda bevosita oʻz bilim va koʻnikmalarini amaliy jihatdan namoyish qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

  Qiziqarli tarzda kechayotgan yozgi maktabda ishtirokchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va sportga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etildi. Xususan, badminton, stol tennisi, shaxmat va boshqa sport oʻyinlari oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

  Bundan tashqari mehmonlar bilan qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning diqqatga sazovor joylariga, muzey va ziyoratgohlarga sayohatlar tashkil etildi. Jumladan, mehmonlar Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi, Afrosiyob muzeyi, Shohi-Zinda majmuasi, Mirzo Ulugʻbek observatoriyasi hamda boshqa bir qator tarixiy obidalarga tashrif buyurilib, madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishishdilar.




SamDTU mabuot xizmati