×
Menu
Close Menu

​SamDTUda xorijiy mutaxassis ishtirokida yuqori texnologiyalik neyroxirurgik operatsiya oʻtkazildi

  2023-yilning 26-27-iyul kunlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti koʻp tarmoqli klinikasi Neyroxirurgiya boʻlimidaOgʻriq sindromini davolashning zamonaviy usullarimavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Unda Turkiyaning Izmir shahridagi Bakırçay üniversitesi Tip Fakültesi professori Edip Gönüllü ogʻriq sindromini davolashdagi oʻz tajribasi va erishgan yutuqlari boʻyicha maʼruza qilishi va bemorlarni konsulʼtasiya va yuqori texnologiyali zamonaviy operatsiyalar master-klass tarzida koʻrsatib berildi.

  Mahorat darsining bevosita amaliy qismida klinikaga Chapdan uch shoxli nerv nevralgiyasi diagnozi bilan qabul qilingan 53 yoshli M. ismli bemor professor Edip Gönüllü tomonidan radio chastotali xirurgik uskunalar yordamida mininvaziv usulda radioxirurgik operatsiya qilindi. Turkiyalik professorga operatsiyada klinikaning yosh neyroxirurglari assistentlik qilishdi va murakkab operatsiya sirlarini oʻrganishdi.

  Professor Edip Gönüllü operatsiya jarayonida ishtirokchilarni barcha savollariga javoblar qaytardi hamda foydali maslahatlar berib oʻtdi.

  Mahorat darslari soʻngida Turkiyalik mutaxassis Samarqand davlat tibbiyot universiteti Neyroxirurgiya klinikasida bajarilayotgan operatsiyalar murakkabligi va yuqori texnologiyalarga asoslanganligi boyicha jahonning yetakchi neyroxirurgiya markazlarida amalga oshirilayotgan operatsiyalardan qolishmasligini alohida taʼkidlashdi. Oʻz oʻrnida barcha ishtirokchilar oʻzlari uchun katta saboqlar, tajribalar orttirishdi va bu darslar mintaqada koʻrsatilayotgan yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatishda oʻzining ijobiy samarasini beradi.


SamDTU matbuot xizmati