Hozirga vaqtda Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro taʼlim fakultetida 2000 ga yaqin xorijlik talabalar jahon standartlari asosida tahsil olib kelmoqdalar.
Joriy yilning 18-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti Xalqaro taʼlim fakultetida bitiruvchi kurs talabalariga diplomlarni topshirish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev ochib berdi hamda bitiruvchi kurs talabalariga keyingi kasbiy faoliyatlarida omadlar tilab, oʻz yurtlarida yetuk shifokor boʻlishlariga tilakdosh ekanligini bildirdi. Tantanali ravishda Xalqaro taʼlim fakultetining davolash ishi yoʻnalishida oʻqishni bitirgan 9 nafar xorijlik talabalariga bakalavr diplomlari tantanali tarzda topshirildi.
Uchrashuv soʻngida Xalqaro taʼlim fakulteti bitiruvchi kurs talabasi Jasjit Singh Alias Kaka bitiruvchilar nomidan SamDTU rahbariyati va ustozlariga yaratilgan shart-sharoitlar va sifatli taʼlim uchun minnatdorchilik bildirilib, universitet rektoriga tashakkurnoma taqdim qildi.
SamDTU matbuot xizmati