Mamlakatimizda mahallalar istiqomat qiladigan, biriktirilmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlashga katta eʼtibor berilmoqda.
Joriy yilni 11-iyul kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev boshchiligidagi ishchi guruh vakillari Samarqand shahrining “Galaosiyo”, “Registon” va “Toshkent” mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiladigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi boʻlgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuvlarda mahalla yigʻinlari faollari, yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat oʻtkazildi, yoshlarning muammo va qiynayotgan masalalari tinglandi, bildirilgan taklif va murojaatlari koʻrib chiqildi. Rektor tomonidan mutasaddilarga mazkur yoshlar vakillariga tizimli ravishda koʻmaklashish borasida vazifalar va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda SamDTU rektori Jasur Rizayev tomonidan yoshlarga kitoblar jamlanmasi hamda boshqa esdalik sovgʻalari topshirildi.
SamDTU matbuot xizmati