Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti “Simulyatsion o‘quv markazi”ni tantanali ochilishi o‘tkazildi

  Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Simulyatsion o‘quv markazi”ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.

  Yangi 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab universitet talabalari uchun mazkur markazda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

  Markazda 20 simulyatsiya xonasi, kompyuter xonalari va nazorat bo‘limi mavjud. Simulyatsion xonalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil qilingan:

1. Anatomiya

2. Reanimatsiya

3. Akusherlik va ginekologiya

4. Neonatologiya va pediatriya

5. Vaziyatli masalalarni bajarish uchun xona

6. Muolaja xonasi

7. Terapiya, EKG

8. Ultratovush xonasi

9. Neyroxirurgiya

10. Yuz-jag' jarrohlik va jarrohlik stomatologiyasi

11. Bolalar stomatologiyasi

12. Ortopedik stomatologiya

13. Terapevtik stomatologiya

14. Endoskopiya xonasi

15. Kiyinish xonasi

16. Jarrohlik

17. Otorinolaringologiya

18. Oftalmologiya

19. Kompyuter xonasi

20. Yurak-qon tomir patologiyasi xonasi.

    Markazda barcha aksessuarlar va robotlar shifokorlar amaliyotida yuzaga keladigan turli vaziyatlarni takrorlash imkonini beradi. Bu talabalarning ko'nikma va bilimlarini, ularning harakatlari ketma-ketligini baholash, yangi ko'nikmalarni ta'minlash, shuningdek, jamoaviy ish va tibbiy taktikani takomillashtirish imkonini beradi. Markazda bemorlarni parvarishlash va barcha tibbiy muolajalar uchun turli tibbiy jihozlar va maxsus mebellar ham mavjud.

    Simulyatsiyon o‘quv markazi 5-avlod robotlari, virtual simulyatorlar, AQSh, Fransiya, Germaniya va dunyoning boshqa yetakchi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.


SamDTU matbuot xizmati