Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Pediatriya fakulteti dekan kubogi musobaqalari boʻlib oʻtdi

  2023-yil 20-iyun kuni SamDTU 1-talabalar turar joyida Yoshlar oyligi doirasiBILIM VA TAFAKKURIMIZSHU EL UCHUN, SHU YURT UCHUNshiori ostida Pediatriya fakulteti va Pediatriya fakultetiga qarashli Xirurgik kasalliklar kafedrasi bilan hamkorlikdaZakovatintellektual oʻyinlari boʻyicha dekan kubogi, talaba qizlar oʻrtasidaKarvingsanʼati boʻyicha bellashuv, sportning tennis, shaxmat turlari boʻyicha musobaqalar tashkillashtirildi.

  Zakovat oʻyinda fakultetning barcha bosqich talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi. Bellashuvlarda 1, 2, 3 oʻrinni egallagan jamoalar, Karving boʻyicha mahoratini koʻrsatgan talaba qizlar va boshqa yoʻnalishlarda faol talabalar faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.



SamDTU Matbuot xizmati