×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti va ko'p tarmoqli klinikasi mutaxassislarining xalqaro kongressda ishtiroki

  2023-yilning 8-11-iyun kunlari Ozarbayjon Boku shahrida turkiy mamlakatlar nevrologlari oʻrtasida tarqoq skleroz kasalliklariga bagʻishlangan navbatdagi V Xalqaro Kongressi boʻlib oʻtdi.

  Turkiy mamlakatlarning ushbu fan sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar oʻrtasida soʻnggi ilmiy izlanishlar yutuqlari, tarqoq sklerozni tashxislash va davolashning zamonaviy, ratsional, samarali usullarini amaliyotda qoʻllash bilan bogʻliq ilmiy almashinuv va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Xalqaro kongress oʻtkazildi. Turk dunyosi Xalqaro kongressi 2019-yildan buyon har yili oʻtkaziladi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti va koʻp tarmoqli klinikasi delegatsiyasi tarkibida davolash ishlari boʻyicha prorektor, klinika bosh vrachi prof. Abdullayeva N.N., nevrologiya kafedrasi mudiri – koʻp tarmoqli klinika bosh shifokori oʻrinbosari prof. Jurabekova A.T., shuningdek, t.f.d. – dotsentlar Hakimova S.Z., Niyazov Sh.T., t.f.n. – dotsentlar Gaybiyev A.A. va Shamurodova D.S. qatnashdilar.

  Kongress doirasida turkiy mamlakatlarda tarqoq skleroz kasalligi muammolari koʻrib chiqildi, ushbu patologiya bilan ogʻrigan bemorlarni davolash tajribasi muhokama qilindi.

  Prof. Abdullayeva N.N. va prof. Jurabekova A.T. tomonidan kongressda “Samarqand viloyatida tarqoq sklerozning epidemiologiyasi, diagnostikasi va davolanishi” mavzusida maʼruzalar oʻqildi. Barcha mutaxassislar muhokamada faol ishtirokidan keyin Xalqaro Kongress yakunida ularga sertifikatlar topshirildi.




SamDTU Matbuot xizmati