16 iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida akademik harakatchanlik doirasida boʻlib turgan I.N.Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti dotsenti A.Yu.Nikitina tomonidan universitet akademik litseyi bitiruvchilari va oʻqituvchilari uchun “Rus tilida ish yuritish odob-axloqi” mavzusida darsi oʻtkazildi.
Tinglovchilar rasmiy hujjatlarni tayyorlash asoslari, jumladan, rezyume yoki universitetga xat kabi muhim hujjatlar loyihasini tayyorlash, bank yoki kompaniya rahbariyatiga ish xati yozish va boshqa koʻplab vaziyatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, tinglovchilar rus tilida ish xatlarini yozish va rasmiylashtirish, ish yozishmalari qoidalari va uslubini oʻrgandilar.
Jonli muloqot hamda boy amaliy materiallar SamDTU qoshidagi akademik litsey oʻqituvchilari va oʻquvchilari orasida juda iliq qabul qilindi.
SamDTU matbuot xizmati