Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​“Gematologiya va immunologiyaning zamonaviy yoʻnalishlari” xalqaro seminari

  2023-yil 14-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetidaGematologiya va immunologiyaning zamonaviy yoʻnalishlarimavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

  Seminar ishtirokchilariga tabrik soʻzlari bilan SamDTU ilmiy boʻlimi boshligʻi Antonina Kim va Mindray kompaniyasining MDH mintaqasi boʻyicha bosh direktori Aleksandr Duan (Xitoy) murojaat qildi.

  Seminarda sohaning soʻnggi tendensiyalari, xususan, immunoximiluminesans tahlilining kompleks yechimi; reproduktiv panelni koʻrib chiqish; oshqozon saratonini erta aniqlash; gematologiyaning zamonaviy muammolarini kompleks hal qilish. Tadbir davomida qizgʻin suhbat oʻtkazilib, faol ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

  Seminar ishtirokchilar uchun tajribasini boyitish va diagnostika sohasidagi zamonaviy tendensiyalar haqidagi tushunchalarini kengaytirish imkonini berdi.



SamDTU matbuot xizmati