14-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida nuroniylarning oʻrni” mavzusida oʻtkaziladigan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Anjumanda respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi, professor N.M.Musayev, SamDTU maʼmuriyati va nuroniylari, professor-oʻqtuvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Qutlov soʻzi bilan chiqish qilgan universitet rektori Jasur Rizayev yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni aytib, nuroniy otaxon va onaxonlarni mavqeyi, islohotlardagi ularning muhim hissasi va rolini taʼkidlab oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori zamirida yurtimizda olib borilayotgan islohotlar inson omiliga qaratilayotgani yaqqol misoli desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Tadbir davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Respublika “Nuroniylar” jamgʻarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Memorandumga koʻra kelgusida hamkorlikda aholi salomatligi, yurt ravnaqi yoʻlida birgalikda turli loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, tadbirda SamDTU faxriylar kengashi raisi Y.N. Allayrov, universitet dotsenti N.O.Sodiqov, xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi G.I. Xudoyberdiyeva, professor-oʻqtuvchilar oʻzlarining hozirda yurtimizda boʻlayotgan islohotlar borasida fikr mulohazalarini aytdilar.
Tadbir soʻngida koʻp yillar davomida davlat va jamiyat hayotida faol, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qoʻshgan hissasi uchun bir guruh professor-oʻquvchilarga tashakkurnomalar berildi.
SamDTU matbuot xizmati