3-iyun kuni Payariq tibbiyot kollejining 2-kurs oʻquvchilari va til oʻqituvchilari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrif universitetning “Oʻzbek tili va adabiyoti rus tili bilan” kafedrasi mudiri, PhD Sh.O.Jamaldinova tashabbusi bilan tashkil etildi.
Kollej oʻquvchilari universitetning laboratoriyalari, axborot-resurs markazi, universitet tarixi va anatomik muzeylariga tashrif buyurishdi. Shuningdek, ekskursiya davomida talabalar Pirogovning interfaol anatomik stolini koʻzdan kechirdilar, bu esa oʻquvchilarga anatomiya va fiziologiyaning nozik jihatlarini oʻrganishga innovatsion ishlanma hisoblanadi.
Tashrif doirasida rus tili kafedrasi oʻqituvchilari N.D.Irbutayeva va G.Xamrayevalar tomonidan kollej oʻqituvchilari uchun “Rus tili darslarida ijodiy fikrlashni rivojlantirish” mavzusida uslubiy-amaliy seminar oʻtkazildi. Kollej oʻqituvchilari universitet oʻqituvchilari ishlarini koʻrib chiqish, darsning tafsilotlarini toʻldirish va muhokama qilish, oʻquv ishlarining qiziqarli shakllari bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Mazkur tashrif SamDTU “Oʻzbek tili va adabiyoti rus tili bilan” kafedrasi va Payariq tibbiyot kollejini umum kasbiy fanlar kafedrasi bilan “Mening kelajagim kasbim” loyihasini ijrosi doirasida oʻtkazildi.
SamDTU matbuot xizmati