×
Menu
Close Menu

​Samarqandda Oʻzbekiston — Rossiya xalqaro tibbiyot forumi

  3-4 iyun kunlari Samarqand shahrida OʻzbekistonRossiya sogʻliqni saqlash xalqaro forumi boʻlib oʻtdi. Anjumanda Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vaziri M.Murashko boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari, ikki mamlakatning yetakchi tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining rektor va professorlari, nufuzli tibbiyot klinikalari, ilmiy tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, yirik farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

  OʻzbekistonRossiya sogʻliqni saqlash xalqaro forumi hamkorlikning yangi bosqichi sifatida tarixga muhrlandi. Unda mamlakatlar aro tibbiy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qator muhim masalalar muhokama etildi. Jumladan, mamlakatlarimizning tibbiyot sohasidagi ikki tomonlama hamkorligi doirasida tibbiy taʼlimni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Xususan, bugungi kunda yurtimizdagi tibbiyot oliy oʻquv muassasalarida Rossiyani tibbiyot universitetlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda.

  Anjumanda bir guruh rossiyalik mutaxassislargaOʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisikoʻkrak nishoni, tashakkurnomalar va Oʻzbekiston OTMlarining faxriy professori unvonlari berildi. Jumladan, I.Kant nomidagi Baltiq federal universiteti (Kaliningrad) rektori Aleksandr Fedorovga Samarqand davlat tibbiyot universitetiniFaxriy professoriunvoni berildi.

  Forumda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev tomonidan bir qator Rossiyani oliy oʻquv yurtlari va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Jumladan, Altay davlat tibbiyot universiteti, Ural davlat tibbiyot universiteti, Rossiya uzluksiz kasbiy taʼlim tibbiyot akademiyasi, “Medinvest gruppMChJ, I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, Boshqir davlat tibbiyot universiteti, A.V.Vishnevskiy nomidagi jarrohlik Milliy tibbiyot tadqiqot markazi, P.Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar doʻstligi universiteti, Moskvani tiklanuvchi davolash markazi bilan imzolangan hamkorlik shartnomalari tomonlar oʻrtasida taʼlim va ilmiy sohalardagi imkoniyat eshiklarini ochadi.





SamDTU matbuot xizmati