Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat va jamiyatning burchidir.
“1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabat bilan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti farmatsiya fakultetini koordinatori va bir guruh faol talabalari Samarqand shahri “Istiqbol” mahallasida yashovchi bolajonlar holidan xabar oldilar. Bolalar bilan suhbat qilib ularning orzu-umidlari va kelajakdagi rejalari bilan qiziqdilar hamda esdalik sovgʻa-salomlarini ulashdilar.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi bayram bilan barcha bolajonlarni tabriklaydi va doimo sihat-salomat boʻlishlarini tilab qoladi!
SamDTU matbuot xizmati