Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTU xodimlari tez tibbiy yordam boʻyicha Koreya Respublikasida malaka oshirmoqda

  Koreya Respublikasi Xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) bilan oʻzaro hamkorlik memorandumiga muvofiq, Samarqand davlat tibbiyot universiteti anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasi assistenti Sanjar Joniev va 3-son ichki kasalliklar kafedrasi tayanch doktoranti Jaxongir Gʻulomov 2023 yil 22 may 3 iyun kunlari Koreya Respublikasida shoshilinch tibbiy yordam buyicha seminar-treninglarda qatnashmoqda.

  Seminar-trening mashgʻulotlari, Koreya Respublikasini yetakchi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va shifoxonalari professorlar-oʻqituvchilari tomonidan maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlar shaklida olib borilmoqda. Shu jumladan, maʼruza va amaliy mashgʻulotlar Inje Universitetining Ilsan Park Hospital shifoxonasi, Koreya universitetining Guro hospital shifoxonasida, Ilsan Dogguk universiteting shifoxonalari va zamonaviy oʻquv-simulyatsion markazlarida oʻtkazilmoqda.



SamDTU matbuot xizmati