AQShda rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Respublikamiz Sog’liqni saqlash vazirligi delegatsiyasini amaliy uchrashuvlari davom etmoqda.
Tashrif doirasida 11-may kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev AQShni Missuri shtatida joylashgan Sent-Luis universiteti tibbiyot maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Sent-Luis universiteti tibbiyot maktabi oʻrtasida memorandum imzolandi.
Memorandumga muvofiq tomonlar endilikda travmatologiya va ortopediyada tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish tizimini yaratish sohasida tajriba almashish, oʻquv kurslari va mahorat darslari orqali mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, tadqiqot va maslahatlar oʻtkazish uchun mutaxassislar almashinuvi, sohasida yangi asbob-uskunalar, farmatsevtika mahsulotlari va texnologiyalarni rivojlantirish, akademik mobillik doirasida ikki tomonlama tadqiqot ishlarini olib borish kabi ishlarni amalga oshiradilar.
Delegatsiyaning AQShga tashrifi davom etmoqda.
SamDTU matubot xizmati